31 okt 13:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Jasur Alijonov: "Bu erda uxlatmasangiz, g'alabani olish qiyin, ayniqsa..."
O'zbekistonlik MMA murabbiyi Jasur Alijonov shogirdi Xolmurod Nurmatovning ACA 194 turniridagi jangiga munosabat bildirdi.
			Eslatib o'tamiz, Nurmatov 23 oktyabr kuni Dubayda bo'lib o'tgan ACA 194 turnirida rossiyalik Umalat Israilovga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
"Kuchli sportchi, qachonki g'alabani ham, mag'lubiyatni ham Allohdan bilsa, kuchli bo'ladi. Jangni ko'rgandirsizlar. Bu jangni ko'rganlardan hech biri Xolmurod yutqazdi, demaydi. Bu erda uxlatmasa, g'alabani har qanaqasiga ham olish qiyin, ayniqsa, mezbon sportchiga qarshi. Mag'lubiyat ham, g'alaba ham Allohdan. Muhimi to'xtab qolmaslik", deydi Alijonov.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar