So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

12 iyu 09:58
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  VazilikTadbir
O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SH.Mo'minjonov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy-metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbarlari, vazirlikning tegishli boshqarma va bo'lim boshliqlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida maruza qilgan vazir o'rinbosari SH.Mo'minjonov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, bunda ilg'or xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlik qilish vazifasi qo'yilganini takidlab, mazkur topshiriqlar ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil malumot berishdi.

Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltaboev muassasa moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talaba yoshlar uchun zamonaviy shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy oliy talim muassasalari bilan talim berishning ilg'or usullarini qo'llash yo'lidagi hamkorlik aloqalari haqida so'zlab berdi.

Yangi tashkil etilayotgan Rossiyaning jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali Samarqand filiali hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali sport talimi muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilayotgani takidlanib, ularning faoliyatini samarali yo'lga qo'yish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

SHundan so'ng, so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy-metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori o'rinbosari Asqar Amonov markaz va uning filiallarida sport faoliyatini yakunlagan chempion sportchilarning trenerlik bilan shug'ullanishlari uchun qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etilgani hamda sport pedagogikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari, bolalarni suv sporti turlari o'rgatadigan trenerlar tayyorlash bo'yicha ham maxsus o'quv kurslari o'quv reja va dasturlari ishlab chiqilganini malum qildi.

Bundan tashqari markazda sport tibbiyoti, sport hakamligi, alpinizm, qoyani zabt etish va kamondan o'q otish sport turlari bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o'quv reja va dasturlari ishlab chiqilayotgani aytib o'tildi.

Yakunda matbuot anjumaniga tashrif buyurgan jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing