So’nggi yangiliklar

00:50Рамазон Темиров, Хотамбек Бойназаров, Амирхон Алихўжаев ва бошқа юлдузлар жанг қилган Mangu 1 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 1 00:48Хотамбек Бойназаров иштирокидаги Mangu MMA 1 турнирининг марказий жанги муддатидан олдин якунланди 0 00:27Рамазон Темировнинг Тошкентдаги жанги тўлиқ давом этди 0 00:06ДАҲШАТ! Амирхон Алихўжаевнинг жанги илк раундда кутилмаган натижа билан якунига етди 0 23:58Фурқатбек Ёқубов бразилиялик жангчига ҳеч қандай имкон қолдирмади 0 23:36Муҳиддин Мамажонов қирғизистонлик рақибига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0 23:09Mangu 1. Суҳроббек Атажанов иштирокидаги жанг иккинчи раунддаёқ якунланди 0 21:51Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони иштирокидаги жанг биринчи раунддаёқ якунланди 0 21:18"Дэвис кубоги". Нигерия ва Ўзбекистон ўртасидаги илк кунги учрашувлар якунланди 0 20:35Конор Макгрегорнинг ўзбекистонлик спарринг шериги Mangu 1 турнирида жанг қилди 0 19:38Mangu 1 турнирининг йирик жангларидан бири бекор бўлди 0 18:34Қишки Олимпиаданинг илк олтин медали Швейцарияга насиб этди 0 18:02Камилла Раҳимова Руминиядаги WTA 250 турнирининг жуфтлик баҳсларида ғолиб бўлди 0 17:39"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди 0 17:03Айтжан Халмаханов Zagreb Open турнири чемпионига айланди 0

24 noy 22:55
Yangiliklar

Kurash

Jizzax 56 000 dollar mukofot puliga ega jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Jizzaxda Prezident sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha o'teaziladigan Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tarixi uch ming yildan ziyod bo'lgan milliy sport turimiz – belbog'li kurash bugun dunyo bo'ylab tobora keng quloch yoymoqda. 

O'zida mardlik, halollik, jasurlik, vatanparvarlik kabi fazilatlarni mujassam etgan ushbu sport turi 2017 yilda Turkmanistonning Ashxobod shahrida o'tkazilgan yopiq inshootlardagi va jangovor sanatlar bo'yicha Osiyo o'yinlari dasturidan joy oldi. Unda o'zbekistonlik polvonlar terma jamoamizga eng ko'p medallarni taqdim etishdi.

Rossiyada bo'lib o'tgan Butunjahon Universiadasida ham belbog'li kurashchilarimiz eng ko'p medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Qisqacha aytganda, har yili o'tadigan yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda polvonlarimiz munosib ishtirok etib kelishmoqda. 

Belbog'li kurashni dunyo miqyosida keng ommalashtirish maqsadida joriy yil 27 sentyabrda Litvaning Vilnyus shahrida Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA)ga asos solindi va rasman Evropa Ittifoqida ro'yxatdan o'tkazildi. Yangi xalqaro sport tashkilotiga hamyurtimiz Azizbek Abduxalilovich G'aniev rais etib saylandi.

Oradan hech qancha vaqt o'tmay, 7-10 oktyabr kunlari tarixda ilk bor Ukrainaning Lvov shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida birinchi Evropa chempionati o'tkazildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda 100 nafarga yaqin polvon bellashdi.

Mazkur chempionat doirasida Jahon belbog'li kurash associaciyasining kongressi ham bo'lib o'tdi. Kongressda Jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga oid axborotlar tinglandi, tashkiliy masalalar hamda ijroqo'm safini ko'paytirish, Osiyo va Pan-Amerika belbog'i kurash federaciyalarini ochish xususida ham kelishib olindi. Bu esa belbog'li kurashimizning dunyo bo'ylab yanayam keng quloch yoyib borayotganidan darak beradi.

Belbog'li kurashni sayyoramiz bo'ylab ommalashtirish, aynan belbog'li kurash orqali yurtimiz shani va shuhratini jahon sport maydonlarida targ'ib etish, qolaversa belbog'li kurashni Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish Jahon belbog'li kurash associaciyasining (JBKA) bosh maqsadi sanaladi. Buning uchun associaciya tomonidan uzoq yillik puxta va istiqbolli reja ishlab chiqilmoqda.

Joriy yil 24-27 noyabr kunlari Jizzax shahrida belbog'li kurash bo'yicha ilk marotaba 2001-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati tashkil etilmoqda.

Musobaqa Jizzaxdagi “So'g'diyona” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Latviya, Litva, Moldova, Ruminiya, Italiya kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan oshiq polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Jizzax shahridagi "O'zbekiston" mehmonxonasida jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Jahon belbog'li kurash associaciyasi raisi Azizbek Abduxalilovich G'aniev, Jizzax viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Inomjon Tojiboev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi Usmon Maxamatov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdi.

- Ushbu musobaqani bejiz Jizzax shahrida tashkil etmadik. CHunki bizning asosiy maqsadlarimizdan biri belbog'li kurashni yurtimizning barcha go'shalarida keng ommalashtirishdan iborat. Jizzax viloyati hokimligi mazkur chempionatni qabul qilish taklifi bilan chiqdi. SHuni alohida takidlash kerak, tashkilotchilar musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rishmoqda. Umid qilamizki, jahon chempionati muxlislar va mehmonlarda yaxshi taassurot qoldiradi, - dedi matbuot anjumanida Azizbek Abduxalilovich G'aniev.

Darvoqe, jahon chempionati doirasida Jahon belbog'li kurash associaciyasining Kongressi ham o'tkazilib, unda Osiyo va Pan-Amerika federaciyalarini tuzish kabi masalalar ham muhokama qilinadi.

Jizzaxdagi “So'g'diyona” sport majmuasida o'tadigan ushbu jahon chempionati belbog'li kurash qoidalariga ko'ra, belbog'li kurash va erkin yo'nalishlarida o'tkaziladi. Unda yoshlar -57, -62, -68, -75, -82, -90, -100 hamda +100 kg. vazn toifalarida kuch sinashsa, qizlar -48, -52, -58, -66, -76 va +76 kg. vaznlarda g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun mazkur jahon chempionatida mukofot jamg'armasi 56 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing