18 apr 10:11
Yangiliklar

Jizzax mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik boshlandi
SHu bois, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi raisi Mo'min Muratov boshchiligida qo'shni Qozog'istondan kelgan Xalqaro kazax kuresi associaciyasi bosh direktori Estek Erlan Jumabekul, Xalqaro kazax kuresi associaciyasi ijrochi direktori Damir Bekbosinov, Qozog'iston uloq-ko'pkari va milliy sport turlari markazi rahbari Bakdaulet Sabitov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar Jizzax shahrida bo'lib, musobaqa o'tkaziladigan amfiteatrni borib ko'rishdi.
SHuningdek, mehmonlar musobaqa kunlari sportchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun ajratilgan joylari bilan ham tanishishdi. Sport delegaciyasiga Jizzax viloyati hokimligi va Jizzax viloyati prokuraturasi rahbariyati hamrohlik qilishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar