So’nggi yangiliklar

19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0

28 mar 13:41
Yangiliklar

Kurash

Jizzaxda kurash bo'yicha O'zbekiston chempionlari aniqlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  JizzaxKurash
Jizzax shahridagi olimpiya zaxiralari kollejida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 450 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.  

Musobaqada o'g'il bolalar 8, qizlar esa 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. 

Murosasiz o'tgan mazkur chempionatning yakuniy natijalariga ko'ra, quydagi polvonlar o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini engib, oltin medallarga ega bo'lishdi.

O'g'il bolalar

55 kg. Botir Ziyodullaev (Qashqadaryo), 60 kg. Temur Bobomurodov (Toshkent v.), 66 kg. Lochin Xudoyqulov (Toshkent sh.), 73 kg. Axror Ziyodullaev (Toshkent sh.), 81 kg. To'lqin Ochilov (Buxoro), 90 kg. Ernazar Sarsenbaev (Toshkent sh.), 100 kg. Suxrob Rajabov (Qashqadaryo), +100 kg. Jaloliddin Bobojonov (Xorazm).

Qizlar

44 kg. Xamida Fazlieva (Buxoro), 48 kg. Gulhayo Jo'raeva (Qashqadaryo), 52 kg. Dilola Dehqonboeva (Toshkent sh.), 57 kg. Sitora Elmurodova (Toshkent v.), 63 kg. Ferangiz Radjepova (Buxoro), 70 kg. Ravzaxon Adashova (Namangan), +70 kg. Filura Ergasheva (Qashqadaryo). 

O'zbekiston chempionati musobaqasi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing