03 okt 09:04
Yangiliklar
Jokovich faoliyatidagi 89-sovrinini qo'lga kiritdi
Bosh sovrin dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovichga nasib etdi. Serbiyalik tennis yulduzi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 16-pog'onasidan joy olgan xorvatiyalik Marin CHilichni mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchrashuvlaridagi hisob Novak foydasiga yanada yiriklashdi - 19:2! Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 7, CHilich esa 13 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Isroil turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok serbiyalikka 250 reyting ochkosi hamda 144,415 dollar mukofot jamg'armasi keltirgan. Bu Jokovichning mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 89-sovrini bo'ldi. U bungacha "Uimbldon" hamda Rim "Masters" turnirlarida bosh sovringa ega chiqqandi.
Fikrlar