06 noy 18:02
Yangiliklar
Tennis
Jokovich hal qiluvchi tay-brekda final yo'llanmasini hal qildi
Dunyoning ettinchi raketkasi Novak Jokovich Parij "Masters" turniri finaliga yo'l oldi.
Serbiyalik tennischi 2 soatu 20 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida reytingda o'zidan 2 pog'ona yuqorida borayotgan greciyalik Stefanos Cicipasni 6/2, 3/6, 7/6(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Jokovich foydasiga, 9:2 ko'rinishiga keldi. Novak 11, Cicipas esa 9 ta eys zarbani amalga oshirgan. Breyklar soni har ikki tennischida ham 2 tani tashkil qilgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar