25 jan 08:33
Yangiliklar
Jokovich ikkinchi marta Australian Open turniridagi o'yinini oxirigacha etkaza olmadi
Serbiyalik jarohat sabab birinchi setdan so'ng o'yinni davom ettira olmadi. Jokovich faoliyati davomida ikkinchi marta ushbu musobaqadagi o'yinini oxirigacha etkaza olmadi.
Birinchi holat 2009 yilda bo'lib o'tgandi. O'shanda u chorak finalda Endi Roddikka qarshi bahsni 7/6(3), 4/6, 2/6, 1/2 holatida oxirigacha etkaza olmagandi.
Umuman olganda, Jokovich "Katta Dubulg'a" musobaqalarida sakkiz marta uchrashuvni oxirigacha etkaza olmasdan, musobaqani tark etgan:
"Rolan Garros 2005" – ikkinchi davra: Gilermo Koriyaga qarshi (6/4, 2/6, 2/3);
"Rolan Garros 2006" – chorak final: Rafael Nadalga qarshi (4/6, 4/6);
"Uimbldon 2007" – yarim final: Nadalga qarshi (6/3, 1/6, 1/4);
"Australian Open 2009" – chorak final: Endi Roddikka qarshi (7/6(3), 4/6, 2/6, 1/2);
"Uimbldon 2017" – chorak final: Tomash Berdixga qarshi (6/7(2), 0/2);
"US Open 2019" – to'rtinchi davra: Sten Vavrinkaga qarshi (4/6, 5/7, 1/2);
"Rolan Garros 2024" – chorak final: Kasper Ruudga qarshi (o'yindan avval chiqib ketgan).
Fikrlar