03 iyu 10:44
Yangiliklar

Jokovich "Rolan Garros"da 100 ta g'alabaga erishgan dunyoning ikkinchi tirik joni bo'ldi
Serbiyalik tennis afsonasi 1/8 finalda ATP reytingida 81-pog'onani egallab turgan britaniyalik Kemeron Norrini 6/2, 6/3, 6/2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 6:0 ko'rinishiga keldi.
Ikki soatu 15 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 4, Norri 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 3 ga 1 ko'rinishida Novakda ko'proq bo'ldi. Breyklar bo'yicha tabiiyki, ustunlik g'olib tennischi tomonida - 7 ga 2.
Jokovich "Rolan Garros" turnirlarida 100 ta g'alabaga erishgan dunyoning ikkinchi tennischisiga aylandi. Bu ko'rsatkichga birinchi bo'lib "Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra g'olibi Rafael Nadal erishgandi.
Endi Novak Jokovich 1/2 final chiptasi uchun dunyoning uchinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar