30 may 12:57
Yangiliklar
Tennis

Jokovichda qatorasiga oltinchi g'alaba, u "Rolan Garros" uchinchi davrasida
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik tennis afsonasi ikkinchi bosqichda ATP reytingida 73-pog'onada borayotgan franciyalik Korenten Muteni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Uch soatu besh daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 5, Mute 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Serb ketma-ket oltita uchrashuvda g'alaba qozondi. U faoliyatida 72-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlarining uchinchi davrasiga chiqdi. Endi u avstriyalik Filip Misolichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar