06 noy 22:18
Yangiliklar
Tennis
Jokovichni taslim etgan 19 yoshli Rune Parij "Masters" g'olibi bo'ldi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha mavsumning so'nggi "Masters" turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 18-raketkasi bo'lib turgan daniyalik 19 yoshli Xolger Rune ATP reytingida 7-o'rinda borayotgan serbiyalik Novak Jokovichni 3/6, 6/3, 7/5 hisobida taslim etdi. Bu uning faoliyatidagi ilk "Masters" sovrini bo'ldi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati ham tiklandi - 1:1. Ikki soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Rune 6, Jokovich 8 ta eys zarbani amalga oshirgan. Xolger Novakning 13 ta g'alabadan iborat seriyasiga chek qo'ydi.
Rolex Paris Masters turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Runega 1000 reyting ochkosi hamda 836,355 evro mukofot puli keltirdi. Ertaga elon qilinadigan reytingda u Top-10da debyut qiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar