12 jan 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Daniel Korme haqida: "U ochiqko'ngil inson emas"
UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons boshqa bir ikkitalik sobiq chempion - Daniel Korme bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Jonsning aytishicha, u Korme bilan bir necha bor do'stona munosabat o'rnatishga harakat qilgan, ammo Daniel yarashuvga unamagan.
"U juda yoqimsiz edi. Men ko'p marta yarashishga harakat qildim, lekin u umrining oxirigacha dushman bo'lib qolishni xohlayotganini aniq aytdi. SHuningdek, menga uning atrofidagi odamlar bilan muloqot qilish uslubi yoqmadi - u shunchaki yonidagilarni boshqarib turardi. U ochiqko'ngil odam emas", dedi Jons Red Corner nashri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar