01 mar 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons dopinglar haqida: "Uyalmayman, bu faoliyatimning bir qismi"
UFC chempioni Jon Jons UFC 235 turniri oldidan doping bilan bog'liq muammolar haqida gapirib o'tdi.
"Har doim doping-testdagi muammodan so'ng shu haqida o'ylayman: "Exx lanati". "Ammo, bu faoliyatimning bir qismi va bu qanchalik uzoq davom etishini bilmayman. Jahonning eng kuchli uchta agentliklaridan biri tekshiruvdan o'tkazishini eslab, kechalari tinch uxlayman. Men xech qachon testlardan qochmaganman.
SHunchaki muxlislar aslida nima bo'layotganini bilmay turib turli sarlavxali xabarlarga ishonmasliklarini istayman. Men uyalmayman. Bu haqida ko'p gapirganman: Xech qachon ongli ravishda doping qabul qilmaganman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar