26 sen 11:10
Yangiliklar
Sport kurashlari, Boks/MMA

Jon Jons erkin kurash bo'yicha Olimpiya chempioniga murabbiylik qiladi
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Geybl Stivenson bilan hamkorlik qilishini elon qildi.
Bu bilan amerikalik aralash yakkakurash ustasi Stivensonni MMA’dagi faoliyatiga tayyorlamoqda.
"Gap uning buni qila olishida emas, qachon amalga oshirishida. Men ko'p yillar davomida ajoyib sheriklar bilan ishladim. Lekin har doim murabbiy bo'lsam, faqat muvaffaqiyatga to'liq tayyor kurashchi bo'lishimni aytardim. Men o'z odamimni topdim va rezyumega jahon chempioni murabbiyi unvonini qo'shganimdan xursandman", - deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, 25 yoshli Geybl Stivson sentyabr oyida LFA 217 turnirida Brayden Patersonni birinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etib, aralash janglarda debyut qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar