19 noy 09:58
Yangiliklar
Jon Jons faoliyatida tub burilish yasagan 4 ta jangni aytdi
"Stefan Bonnar, Maurisiu Rua, Stipe Miochich va albatta Daniel Korme. Mana shu to'rt raqibimga qarshi o'tkazgan janglarim faoliyatimda katta ahamiyatga ega. Stefan Bonnar men jang qilgan birinchi yulduz sportchi hisoblanadi. O'shanda hamma meni hech kim emasligim va nomdor raqibga qarshi hech narsa qila olmasligimni aytgandi. Bu gaplar meni yanada kuchaytirgan edi.
Maurisiu Rua ustidan qozongan g'alabam buyuk jangchi bo'la olishim uchun menga ishonch bergandi. Kichik shahardan chiqqan va boshqalar bilan farq qilmayligan oddiy bola vaqt o'tib chempion bo'ldi. Korme bilan alohida hisob-kitobimiz bor edi. Miochichga qarshi jang hayotimdagi eng muhim voqealardan biri bo'ldi. CHunki, men o'z prezidentim oldida jang qildim. UFC`ning amerikalik chempioni ekanimda faxrlanaman", — dedi Jons.
Fikrlar