04 may 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

"Jon Jons hamon chempion. Nega Maxachevdan kamarni olib qo'yish kerak?" - Korme
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Islam Maxachevning yarim o'rta vaznda jang qilishni rejalashtirayotgani munosabati bilan undan engil vazn kamarini olish haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"Agar Jon Jons hali ham chempion bo'lsa, nima uchun Islamdan kamarni olishlari kerak? Jonsdan kamarni olishganmi? Yo'q! 2023 yil martdan 2024 yil noyabrigacha u hech qanday jang qilmadi. SHunga qaramay, kamar unda qoldirilgan. U UFC 309da Miochichga qarshi jang qilganidan buyon 6 oy o'tdi. Oldingi himoyasidan keyin 18 oy o'tib jang qilgan, kamar olinmadi. Endi nega Islamdan kamarni olib qo'yishsin?" — dedi Korme.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar