08 iyu 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons: Har bir raundda ustunlik qildim
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons Tiago Santosga qarshi kechgan jang haqida fikr bildirdi.
“Jangda g'alaba qozonganimga ishonchim komil edi. Har bir raundda ustunlikka ega bo'lganimni sezib turdim. Bu jang uchun Tiagoga rahmat aytaman. U ajoyib jang olib bordi. Bunday g'alabalar mashg'ulotlarda yana ko'proq ter to'kishim kerakligini bildiradi.
Qiyin erishilgan g'alaba hamisha senga nimadir o'rgatadi. Bugungi kechadan kerakli xulosalar chiqarib olg'a yurishda davom etishim kerak”, - dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons Santosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar