10 jan 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Islam Maxachev haqida fikr bildirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons yarim o'rta divizionda promoushenning amaldagi chempioni Islam Maxachev haqida gapirdi.
"Islam, shubhasiz, barcha davrlarning eng buyuk jangchilaridan biridir. U ana shunday yigitlar qatoriga kirishi aniq. Jek Della Maddalena bilan jangda u shunchalik ustunlik qilganiga hayron qoldimmi? Yo'q, bu meni ajablantirmadi. U o'ziga xos atlet. Bazi bolalar shunchaki buyuk ishlar uchun mo'ljallangan va u ulardan biri. Uning faoliyatini kuzatish qiziqarli.
O'ylaymanki, u hali ko'p ish qilishi kerak. Islam to'g'ri yo'ldan bormoqda va hammasini to'g'ri bajaryapti. U men juda havas qiladigan sportchilardan biri", - dedi amerikalik aralash yakkakurash ustasi Red Corner MMA YouTube kanalida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar