20 avg 15:09
Yangiliklar
Jon Jons Islam Maxachevni barcha davrlarning eng buyuk jangchisi deb tan olishdan bosh tortdi
"Ijtimoiy tarmoqlarga kirdim va yangi eng buyuk jangchi paydo bo'lganini eshitdim? Hayronman. Menga buni qanday qilib mantiqqa to'g'ri kelishini tushuntirib bering", — deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida va UFC`da eng ko'p chempionlik g'alabalariga erishgan jangchilar ro'yxatini taqdim etdi.
Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni Jon Jonsning o'zi egallab turibdi, uning hisobida UFC chempionlik janglarida 16 ta g'alaba bor. Islam Maxachev esa 7 ta g'alaba bilan o'n ikkinchi o'rinda joylashgan.
Jonsdan tashqari, rossiyalik jangchidan oldinda Aleks Volkanovski, Joze Aldo, Israel Adesanya, Rendi Kutyur, Mett Xyuz, Anderson Silva, Valentina SHevchenko, Amanda Nunes, Demetrius Jonson va Jorj Sen-Per kabi sportchilar bormoqda.
O'tgan dam olish kuni engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qilish bo'yicha rekord o'rnatgan Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. U hakamlarning yakdil qarori bilan Yen Machado Gerrini mag'lub etdi va tashkilot tarixidagi eng uzun g'alabali seriya bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.

Fikrlar