08 apr 15:48
Yangiliklar
Jon Jons: "Noto'g'ri info. Men hozir Texasda, qizlarim yonidaman"
Amerikalik jangchi Drug Free Sport (DFS) antidoping agentligi xizmati xodimiga o'ldirish bilan tahdid qilganini ham inkor etmoqda.
"Etiboringizni bugun men haqimda tarqalgan dezinformaciya, yani noto'g'ri xabarga qaratmoqchiman. Tongda meni policiya hibsga olgani haqidagi yolg'on xabarlardan uyg'ondim. Bu noto'g'ri xabar — men ozodlikdaman. Ayni paytda Texasda, qizlarim bilan voleybol turniridamiz. Meni nomimdan pul ishlash oson bo'lib qolganini tushunaman. Ha, tekshiruvchilar bilan qo'polroq muomalada bo'lgandirman, lekin o'lim bilan tahdid qilganim yo'q. Hatto ovozimni baland ohangda ham gapirmadim. Afsuski, noto'g'ri xabarlar tekshirilmasdan tarqatildi", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida murojaat qilgan Jons.
Ayni paytgacha Nyu-Meksikoning Bernaliyo okrug policiyasi ham Jonsning hibsga olingani haqidagi xabarni tasdiqlagani yo'q.
Fikrlar