30 dek 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/51528_220.jpg)
Jon Jons og'ir vaznga o'tish haqida: "Kormeni kamardan mahrum qilmoqchi emasman"
UFCning yarim og'ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jons nima uchun og'ir vazn chempioni Daniel Korme bilan jang qilmasligini gapirdi.
"Korme asosan jim yuradi. U gap mening natijalarimga kelib taqalganda gapiradi. Ammo, bularning barchasi uning o'ziga qarshi ishlaydi. Muxlislar unga meni tinch qo'yishini taklif qilayotganliklarini ko'rib turibman. U meni obro'sizlantirishga qattiq harakat qilmoqda.
Ammo eshitib qo'ying. U xech qachon ikki vazn toifasida chempion bo'lmagan. Yarim og'ir vazn toifasi 2011 yildan beri menga tegishli. Buni barcha tushunishini istayman. Ovozimni o'chirishning yagona yo'li meni mag'lub etishdir.
Menda Korme bilan bog'liq muammo bo'lmaydi. Uni kamardan mahrum etmaslik uchun og'ir vaznga o'tmayman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar