11 apr 11:44
Yangiliklar
Jon Jons qaytish masalasini yopdi
"Qo'lqoplarimni mixga ilib qo'ydim. Hozir shunchaki dam olyapman. Biznesmen Jon Jons bor, endi jangchi Jon Jons yo'q! Endi men faqat tadbirkorlik bilan shug'ullanaman", - dedi Jons Red Corner MMA videoblogida.
Aslida, 38 yoshli Jon Jons o'tgan yilning yozida UFC`ning og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini rasman bo'shatib, istefoga chiqqanini elon qilgan edi. Ammo ikki haftadan so'ng tashkilotning Oq uy yaqinida tarixiy turnir o'tkazish rejalari haqida bilib, doping testiga qaytgan edi.
Yakunda Jons tashkilot bilan bayram tadbirida ishtirok etishi haqida kelisha olmadi, chunki Aleks Pereyra bilan jang uchun 15 million dollarlik gonorar uni qoniqtirmadi va Liga rahbari Dana Uayt bu muzokaralar bo'lganini umuman rad etdi.
Jon Jons 2024 yil noyabr oyida Nyu-Yorkdagi UFC 309 turnirida Stipe Miochichga qarshi og'ir vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qilganidan beri oktagonga chiqmagan edi.

Fikrlar