25 dek 11:12
Yangiliklar
Jon Jons UFC`da yana nechta jangi qolganini aytdi
"Pullar – bu motivator! O'ylashimcha, pul menga motivaciya bermaydi deydigan odamlar yolg'onchi. Menga pul ishlab topish yoqadi. Keyin o'z nomimni tarix kitobiga yozishni ham xush ko'raman. Eng katta orzuim UFC rekordlar kitobida abadiy qolish. Yaqin yillarda yana ikkita katta jangda g'alaba qozonishni istayman. UFC oktagonida kechadigan bu katta janglarda imkon qadar ko'proq pul ishlab topishni reja qilib turibman. SHuningdek aktyorlik faoliyatimni boshlashni rejalashtirganman. Men hamisha aktyor bo'lishni niyat qilganman. Fikrimcha, kamera qarshisida o'zimni yaxshi tutaman. Reklama roliklari syomkalarida suratga tushishga ham ulgurdim", - dedi Jons.
Malumot uchun, Jon Jons o'tgan oyda divizionning sobiq chempioni Stipe Miochichni uchinchi raundda texnik nokautga uchratib, o'z kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi. Endi u navbatdagi jangini vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi britaniyalik Tom Aspinallga qarshi o'tkazadi. Bu jang uchun Jons taxminan 30 million dollar gonorar oladi.
Fikrlar