So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

25 sen 15:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Jon Jons yana hibsga olindi

Teglar :  Jon JonsUFC
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons kecha ushbu promoushenning shon-shuhrat zaliga kiritilgandi.

U bilan birga yana bir UFC afsonasi Jorj Sen-Per ham shon-shuhrat zaliga qabul qilingan edi. Ushbu marosimdan bir necha soat o'tib, Jons Las-Vegas policiyasi tomonidan hibsga olindi. Unga zo'ravonlik hamda transport vositasiga shikast etkazish ayblovlari qo'yildi. 

Ayni paytda Jons policiya mahkamasida qolmoqda. Agar u jami 8000 dollar kafolat puli to'lasa, bir sutkada sudda hozir bo'lish sharti bilan mahkamadan qo'yib yuboriladi. Summaning 5000 dollari avtotransport vositasiga zarar etkazgani uchun, qolgan 3000 dollari zo'ravonlik uchun undirib olinadi. 

Eslatib o'tamiz, Jons so'nggi bor o'tgan yilning mart oyida avtoulovni mast holatda boshqargani hamda o'q otar qurolni noqonuniy tarzda olib yurgani uchun hibsga olingan edi. O'shanda u 96 soatlik uy qamog'i, 90 kunlik ambulator terapiya hamda 48 soatlik umumiy jamoat ishlarida ishlab berish jazosini olgandi. 

Bundan tashqari, Jon Jons 2015 yilda mashinada yo'l transport xodisasini sodir etib, voqea joyidan qochib ketgandi. Sud bu qilmishi uchun uni shartli ravishda 18 oylik qamoq jazosiga mahkum etgandi. UFC tashkiloti esa uni yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamaridlan mahrum qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing