30 dek 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons yarim og'ir vaznda yangi UFC chempioni!
Hozirgina AQSHning Los-Anjeles shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 232 oqshomi o'z nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida Aleksandr Gustafsson va Jon Jons yarim og'ir vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga chiqishdi. Jang uchinchi raundning 2 daqiqasi 22 soniyasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi.
Teykdaundan so'ng raqibini parter holatiga tushirgan Jons muddatidan avval g'alabaga erishdi. Referi zarbalarga javob qaytara olmayotgan shveciyalik sportchining mag'lubiyatini qayd etdi. Jons yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar