So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

27 jan 08:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Jon MakKarti Jin Silvaning "sakrashi"ga ekspert bahosini berdi

Afsonaviy hakam Jon MakKarti Arnold Allen va Jin Silva o'rtasidagi jang oxirida yuz bergan holatga munosabatini bildirdi.

Yodingizda bo'lsa, braziliyalik yarim engil vazn vakili Jin Silva raqibining ustiga chiqib, undan sakrash uchun tramplin sifatida foydalangan edi. MakKarti ushbu g'alati epizodga izoh berdi.

"Ehtimol, bu ahmoqona savoldir, lekin Jin Silvaning UFC 324 turniridagi Arnold Allenga qarshi g'alati ishi uchun undan ochko olib tashlash yoki hech bo'lmaganda ogohlantirish berish kerak emasmidi? U uning umurtqa pog'onasini sindirib yuborishi va majruh qilib qo'yishi mumkin edi. Bu noqonuniy usulga o'xshaydi", - deb yozdi ijtimoiy tarmoqda muxislardan biri taniqli referiga murojaat qilib.

"Kechirasan, yigitcha, lekin bu vaziyatda, u Allenni itarib yuborganida, men qoidabuzarlik deb hisoblash mumkin bo'lgan hech narsani ko'rmayapman. Sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlar bundan mustasno, lekin o'sha sharoitda bu unga yaqin edi, deb o'ylamayman. Ha, g'alati ko'rindi, lekin men bunda hech qanday qonunga xilof narsani ko'rmadim", - deb javob berdi Jon.

Raqamli musobaqaning asosiy kardini ochib bergan yarim engil vazn toifasi vakillari jangi to'liq uch raund davom etgan va unda braziliyalikning ochkolar (30-27, 30-27, 29-28) hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing