30 dek 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon MakKarti UFC`ga qaytishga tayyor
"MMAning umumiy qoidalari" asoschisi Jon MakKartining Bellator va PFL promoushenlari bilan shartnomasi yakuniga etdi.
U dunyoning eng kuchli ligasija sharhlovchi-ekspert sifatida ishlashga tayyor ekanini malum qildi.
"Bilmadim, mening xizmatlarim UFC`ga kerakmikan, lekin men ishlashga tayyorman. UFC sharhlovchilarining asosiy vazifasi muxlislarga MMA va xususan o'sha jangning nozik jihatlarini tushuntirib berishdan iborat. Ularda hakamlik ishi, qoidalar bo'yicha tushuncha deyarli yo'q. Bu eng katta kamchiliklardan biri. Ularga aynan men kerakman degan fikrni bildirishdan yiroqman, lekin shunday bilimga ega sharhlovchi bugungi kunda UFC`ga kerak. SHarhlovchi-ekspert jangdagi vaziyatni to'g'ri baholay olishi va echim bera olishi shart", - dedi Jon MakKarti.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar