29 may 07:35
Yangiliklar
Engil atletika

Jonbibi shaxsiy rekordini yangilagan holda Osiyo chempionati sovrindoriga aylandi
Koreya Respublikasining Gumi shahrida o'tayotgan engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi yana bir medalga sazovor bo'ldi.
Kecha ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi.
Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan hamyurtimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga etib keldi. Qayd etish joiz, bu bilan Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
400 metr, Osiyo chempionati
1. Nakano Matsumoto (Yaponiya) – 52.17
2. Rupal Rupal (Hindiston) – 52.68
3. Jonbibi Hukmova (O'zbekiston) – 52.79
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar