27 dek 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Jons bahaybat Lesnarni oktagonga chorladi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons superog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Brok Lesnar bilan jang o'tkazish istagini bildirdi.
“Lesnarga qarshi jang men uchun hamisha qiziqarli bo'lgan. Bu jangdan hech kim yutqazmaydi. CHunki, jangning moliyaviy tomoni har ikki tomonni ham qoniqtiradi.
Boz ustiga men o'zimdan bir necha kilogramm og'ir bo'lgan jangchiga qarshi oktagonga chiqaman. Men jangga tayyorman, gap endi UFC rahbarlari va Lesnarning o'zida qoldi”, - dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, Jons shu hafta avvalida ikkinchi bor doping tekshiruvdan o'ta olmagan edi. Uning doping uchun olingan tahlili ijobiy chiqqandi.
Havola :
Fikrlar