24 dek 11:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Jons dopingga tushib qoldi, UFC esa tahlil olgan tashkilotni aybladi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jonsdan shu oyda olingan doping-tahlil ijobiy natija berdi.
Tahlil Jonsning qon tarkibida taqiqlangan turinabol moddasi borligini ko'rsatdi. Aynan shu modda sabab u 2017 yildan 15 oyga chetlatish ham olgan edi.
UFC kompaniyasi Nevada Sport qo'mitasining doping tahlil bo'yicha olib borgan ishidan qoniqish hosil qilmadi va Jons oktagonga chiqishi kerak bo'lgan UFC 232 turnirini Nevadadan Kaliforniyaga ko'chirdi.
Nevada shtati Sport qo'mitasi 2017 yilda xuddi shu sabab bilan Jonsni diskvalifikaciya qilgan edi. UFC vice-prezidenti Jeff Novickiyning aytishicha, Jonsni qon tarkibida aniqlangan pikogrammda o'lchanadigan bu modda qoidaning buzilishiga etarli miqdorda emas.
Havola :
Fikrlar