04 fev 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
"Jons ham, Maxachev ham doping "uradi". Lekin Islam buni yaxshiroq ishlatadi" - UFC jangchisi
UFC jangchisi Grant Douson vazn toifalaridan qati nazar, eng yaxshi jangchi haqida gapirdi.
"Jon bitta mag'lubiyatni diskvalifikaciya tufayli olgan, Islam esa bir marta yutqazgan, faqat nokaut evaziga. Bu ikkalasi mutlaqo boshqacha narsa. Agar Jons bunday xulq-atvorli bo'lmaganida, ko'pchilik fikrimga qo'shilardi. Va u diskvalifikaciyaga uchramagan bo'lardi.
Maxachevni foydasiga ishlaydigan omil esa — Jons doping-testdan o'ta olmagan, Islam esa hech qachon qoidabuzarlik qilmagan. Lekin bu Islam Rossiyada, Jons esa AQSHda ekani bilan bog'liq. Menimcha, ularning ikkalasi ham qandaydir usullar bilan dopingdan foydalanadi, faqat Islam buni yaxshiroq uddalaydi. SHunday ekan, men Jonsni eng zo'ri deb o'ylayman", — dedi Douson Inside Fighting nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Inside Fighting
Fikrlar