25 iyu 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Jons Kormega qarshi uchinchi jangga rozi bo'lmadi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons azaliy raqibi Daniel Kormega qarshi uchinchi bor oktagonga chiqish niyatida emasligini malum qildi.
"Korme bilan barchasi yakunlangan. U menga hech qanday havf tug'dirmaydi. UFCda undan ham kuchliroq sportchilar bor. Men uni ikki marta mag'lub etganman. Rejaga ko'ra dekabr oyida hamda kelasii yil uchta jangda ishtirok etishni maqsad qilganman. Lekin raqiblarim orasida Korme yo'q", - dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, Jons va Korme o'rtasidagi birinchi jangda Jons g'alabaga erishgan, ikkinchi jang esa o'tkazilmagan deb elon qilingan. Bunga Jonning qonida taqiqlangan moddalar aniqlanganligi sabab bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar