24 dek 17:44
Yangiliklar

Jons: "Men toza sportchiman"
"Men bor etiborimni bitta narsaga qaratganman - o'rtaog'ir vazn toifasidagi kamarimni qaytib olishga. Doimo toza sportchi ekanligimni takidlab kelganman. Gustafssonga qarshi jang oldidan USADAning barcha testlarini topshirdim - tahlillar barchasini isbotladi.
Ushbu jarayonda men tomon bo'lgani uchun Kaliforniya sport komissiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Aleksandr Gustafssonga qarshi jangni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Jons.
Avvalroq, Jon Jonsning tahlilidan taqiqlangan modda topilgandi. Nevada shtati bu borada surishtiruv ishlarini boshlagan. SHu sababli promoushen UFC 232 turnirini Kaliforniyada o'tkazmoqchi. Kechaning markaziy jangida Jons
Aleksandr Gustafssonga qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar