So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

08 sen 17:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Josh Uorrington Lara bilan trilogiyadan oldin oraliq jang o'tkazishi mumkin

Engil vazn toifasida sobiq IBF chempioni Josh Uorrington Maurisio Lara bilan ketma–ket uchinchi jangni o'tkazmaydi.

Fevral oyida Uorrington faoliyatidagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib, Lara tomonidan to'qqiz raundda nokautga uchratilgan edi. Ularning revansh jangi o'tgan dam olish kuni Lidsda bo'lib o'tdi.

Ammo, ikkinchi jang ikki raunddan so'ng to'xtatildi. Boshlarning to'qnashuvi natijasida Lara ko'zidan jarohat oldi. Uchinchi raund boshlanishidan oldin shifokor jangni to'xtatdi. Uchrashuv texnik durang sifatida yakunlandi.

30 yoshli Uorrington ertami-kechmi ringga qaytmoqchi.


Ammo, Laraning jarohati to'liq davolanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida hech qanday malumot yo'q. U bir necha oyga safdan chiqishi mumkin edi.


«Men biroz tushkin holatdaman va Maurisio Lara bilan jang hayoli meni taqib qiladimi, bilmayman. Men 30 yoshdaman va etti oydan buyon jang qilmagandim - bu jarohat Larani qachongacha chetlatadi? Men Amerikada jang qilmay turib chempionlik kamarlarni birlashtiraman deb o'ylardim»,- dedi Uorrington.


«Pandemiya va jarohat bu voqea sodir bo'lmagan degan manoni anglatadi, lekin men uni engib o'tishni xohlayman. Ammo men uzoq kuta olmayman».

Uorrington oraliq jang o'tkazishga tayyor, ayniqsa bu jang AQSHda bo'lsa. Uning promouteri Eddi Xirn unga amerikadagi debyuti uchun munosib raqib topishi kerak edi.


«Men hatto shtatlardagi bo'lajak debyutimda kamar uchun jang qilmagan bo'lardim, chunki mening muxlislarim bunga loyiq (Buyuk Britaniyadagi muxlislar kamar uchun jangni tomosha qilishga loyiq)Tah. Olamsport.com)», -dedi Uorrington.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing