06 avg 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Josh Xokit yana Aleks Pereyraga jang taklif qildi
Amerikalik og'ir vazn toifasi vakili Josh Xokit UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Aleks Pereyraga yana bir bor murojaat qilib, uni BMF kamari uchun jangga chaqirdi.
"Men shu kamarni qo'lga kiritmoqchiman. Agar Tom Aspinall va Siril Gan o'zaro jang shartnomasini imzolasa, unda men va Aleks BMF kamari uchun jang qilamiz. G'olib og'ir vazn toifasidagi chempionlik uchun navbatdagi davogarga aylanadi", deb yozgan Xokit o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, iyun oyida bo'lib o'tgan UFC Freedom 250 turnirida Aleks Pereyra ikkinchi raundda texnik nokaut orqali Siril Ganga mag'lub bo'lgandi.
Jangdan so'ng braziliyalik sportchi referidan noroziligini bildirib, o'tkazib yuborgan kuchli zarbadan keyin o'ziga kelib olish uchun etarlicha imkoniyat berilmaganini takidlagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar