30 apr 02:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua dahshatli jangda afsonaviy Klichkoni mag'lub etdi
Hozirgina Angliyaning London shahridagi 90 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi muhtasham “Uembli” stadionida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazildi. Unda IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshua sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi ringga ko'tarildi.
Muxlislar 12 raundga mo'ljallangan super to'qnashuvda ajoyib jangga guvoh bo'lishdi. Har ikkala bokschi bir marotabadan chuqur nokdaun holatiga tushib qolishgan bo'lsa-da, barchani hayron qoldirib vaziyatdan chiqib ketishdi.
Dahshatli kechgan jang 11-raundda yakuniga etdi. Ketma-ket kuchli zarbalardan so'ng Vladimir Klichko mag'lubiyatga uchradi. Ukrainalik bokschi ikki bor o'rnidan turishga erishdi. Lekin uchinchisida referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar