18 iyu 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Joshua erkak, u mag'lubiyatdan so'ng o'zini oqlab o'tirmadi"
Bokschi Endi Ruisning murabbiyi Menni Roubls Entoni Joshua haqidagi iliq fikrlarini bildirib o'tdi.
"Natijaga tasir qiladigan sabablar doim bo'ladi. Ammo, bu tomonlama Joshua haqiqiy erkak. U bahonalar izlamaydi. U shunchaki o'sha kuni kuchli bokschi g'olib bo'lganligini qabul qila oldi. Yana nima deyishim mumkin? Joshuani sparring vaqtida nokaut qilishgani uchun havotirga tushib qolganligi haqida mish-mishlar bo'lgandi. Ammo, men bunga ishonmayman.
U boksda uzoq yillardan buyon bor, men bunday narsalarga ishonmayman. Endi yaxshi tayyorlandi, optimal formada va o'ziga ishongandi. Bu g'alabada muhim rol o'ynadi", - dedi murabbiy Menni Roubls.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar