21 dek 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Klichko jangiga bir kunda 50 000 chipta sotildi
2017 yilning 29 aprel kuni Entoni Joshua (18-0, 18 KO) va Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) o'rtasidagi o'tkaziladigan chempionlik jangiga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori.
Buni chiptalar sotuvi tasdiqladi. Tashkilotchilarning xabar berishicha, bir kunning o'zida 50 000 dona chipta sotib bo'lingan.
Professional boksning superog'ir vazn toifasida o'tkaziladigan bo'lajak jangda o'rtaga IBF, IBO hamda WBA superchempionlik kamarlari qo'yiladi. Britaniyalik Entoni Joshua IBF chempioni bo'lib turibdi.
Ikkinchi partiya chiptalar savdosi 16 yanvar kuni sotuvga chiqariladi. CHiptalarni 40 funtdan to 2000 funt sterlinggacha xarid qilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Klichko jangi London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi. Sotuvga jami 90 000ta chipta chiqarilishi aytilyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar