18 apr 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Klichkoni yoshlik shijoati evaziga mag'lub etmoqchi
IBF yo'nalishida jahon chempioni Entoni Joshua tezligi va shijoati evaziga Vladimir Klichkoni mag'lub etmoqchi.
"Mening vaqtim keldi. Klichko mening kuchsiz tomonlarimni topa oladi deb o'ylamayman. Oldinda qilinadigan ishlar ko'p, lekin men janglarimni nokaut bilan yakunlamoqdaman. Bu mening maqsadim.
Professional jangda yutqazmaganman. SHuning uchun mag'lubiyat haqida xech narsa gapira olmayman. Klichko juda kuchli zarbaga ega. Buni tushunib turibman. Lekin, bu boksda eng muhim omil hisoblanmaydi. Men raqibimni o'zini havaskor sifatida his qilishga majbur qilmoqchiman.
Yoshda gap ko'p. Lekin, boks - yosh yigitlarning sporti. Vladimirning tajribasi dastlabki raundlarda unga yordam berishi mumkin. Lekin, mening kuchim va tezligim unga muammo tug'dira boshlaydi", - deydi Joshua.
Havola :
Manba : Sport Arena
Fikrlar