24 okt 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Men Tayson va Xolifildlar qilgan ishni qilmayman"
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua o'z vatanida megayulduz hisoblanishiga qaramasdan, o'zidan oldingi yulduz bokschilar yo'l qo'ygan xatoni takrorlamoqchi emas.
"Tayson, Bou, Xolifil - biz ularning ringdan tashqari hayotidagi tarixini juda yaxshi bilamiz. Men doimo o'zimni nazorat qilishga harakat qilganman. Biz bu masalada 3-4 yildan beri ish olib bormoqdamiz. Men uchun cho'qqiga chiqish kutilmagan holat bo'lgani yo'q.
Agar sen kutilmaganda sovrin yutib qolsang, oldingda ko'plab imkoniyatlar ochiladi. O'zining shu dunyoning xo'jayini sifatida his qila boshlaysan. Bundan boshing aylanib qolishi mumkin. Lekin, meng bunga o'zimni tayyorlagandim.
Men insonlarga yordam beraman. Menga ko'p narsa kerak emas. Agar 400 million dollarlik jang o'tkazsam hayotim o'zgarib qolishi haqida o'ylamaganman", - deydi britaniyalik bokschi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar