13 iyu 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua murabbiyi bilan xayrlashdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bir necha yillik murabbiyi Robert Makkrakenni istefoga chiqardi.
Bu haqda Britaniyadagi bir nechta ko'zga ko'ringan nashrlar xabar bermoqda. Lekin hali rasman bu mavzudagi xabar chop etilganicha yo'q. Bokschining o'zi ham bu xabarga munosabat bildirmadi. Sobiq bokschi Antonio Tarver esa allaqachon Joshuaga o'z xizmatlarini taklif qilib ulgurdi.
“CHemp, men yangi murabbiy izlayotganingni eshitdim. Agar rostan ham senga jahon darajasidagi murabbiy kerak bo'lsa, bemalol menga murojaat qilishing mumkin. Menda hamma narsa bor: tajriba, havaskor va professional boksdagi ko'p yillik ishtirok, aql bilan ish ko'rish... SHunday ekan, menga imkon ber, bundan afsuslanmaysan”, - dedi Tarver.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar