24 dek 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Mutlaq chempion bo'lishni istayman"
Britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua yangi yilda chempionlik kamarlarini birlashtirmoqchi.
"Tvitter orqali gapirib o'tirishga unchalik ham qiziqmayman. Gapirish va uni amalda ko'rsatish umuman boshqa narsalar. Parker bilan jangga keladigan bo'lsak, u bo'lib o'tishi uchun qo'ldan kelgan barcha narsa qilinmoqda.
Mart oxiridagi jangda mening raqibim kim bo'lishidan qatiy nazar o'rtada chempionlik kamari turishini istayman. Menga WBC va WBO kamarlari etishmayapti. Men mutlaq chempion bo'lmoqchiman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar