02 jan 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Parkerga qarshi jang qachon o'tkazilishini aytdi
Britaniyalik Entoni Joshua hamda Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker o'rtasidagi jang tashkilotchilari deyarli bir to'xtamga kelib ulgurishdi.
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Joshua birlashtiruvchi chempionlik jangida WBO chempionlik kamari egvasi Parkerga qarshi shu yilning mart oyida jang qiladi.
“Parkerga qarshi kechadigan jang 95 foizga hal bo'ldi. Bu uzoq kutilgan chempionlik jangi mart oyining so'nggi o'n kunligida bo'lib o'tadi. Jang manzili sifatida Buyuk Britaniyani tanladik. Men shu paytgacha hech kim uddasidan chiqa olmagan 5ta chempionlik kamarini o'zimda birlashtirmoqchiman”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar