22 jan 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua professional boks markazi bo'lgan AQSHga bormaslikka ham tayyor
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan Entoni Joshua faoliyati davomida faqat o'z vatanida jang o'tkazishga ham rozi.
"Men tarixga kirish uchun AQSHga borishga qarshi emasman. Ammo u erga ko'pchilikka o'xshab shunchaki bormayman. Klichkoga qarshi jangim yirik voqelik bo'lgandi. Men haliyam havaskor boks klubida shug'ullanaman. Bu erda mening muxlislarim juda ko'p. Agar "Uembli"da jang qiladigan bo'lsam, ular yarim soat ichida u erga borishlari mumkin bo'ladi. SHuning uchun, AQSHga shunchaki borib o'tirmayman. Bunday bo'ladigan bo'lsa, muxlislarim jangimni bevosita tomosha qila olmasliklari mumkin", - deydi Joshua.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar