27 iyu 14:01
Yangiliklar

Joshua - Ruis revansh jangi 80 000 muxlisga mo'ljalangan stadionda o'tkaziladi
Joshuaning promouteri Eddi Xirnning xabar berishicha, revansh jangi 14 dekabr kuni Uelsninng Kardiff shahridagi 80 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi muhtasham “Principality Stadium”da bo'lib o'tadi.
Ushbu stadionda Joshua ikki bor jang o'tkazgan va har ikkisida arena muxlislar bilan liq to'lgan. Endi Ruis 1 iyun kuni AQSHda o'tgan jangning ettinchi raundida Entoni Joshuani texnik nokautga uchratgan edi.
“Ruis shartnomaga imzo chekkan paytda har qanday natija bo'lgan taqdirda ham revansh jangining o'tkazilishiga rozilik bergan. Endi o'z so'zida turadigan mard yigit. Ishonchim komil, revansh jangi 14 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Yaqin kunlarda biz bu malumotni rasman elon qilamiz”, - dedi Xirn.
Fikrlar