26 iyu 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Ruis revansh jangi Uayt sabab bekor bo'lishi mumkin
Superog'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Endi Ruis hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi Dillian Uaytning doping mojarosi tufayli bekor bo'lishi mumkin.
Uaytdan Rivasga qarshi jangdan oldin olingan qon tahlili ijobiy natija bergan, lekin jang qoldirilmagandi. Doping testni Britaniyaning UKAD tashkiloti olgan edi. Bundan xabar topgan Endi Ruis UKADni keskin tanqid qilgan va jang Buyuk Britaniyada tashkil etilsa, revanshdan voz kechishini aytgandi.
"Men Buyuk Britaniyaga revansh jangiga bormayman", - deb yozib qoldirgan Ruis o'zining Twitter sahifasida.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar