27 okt 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Uaylder va Parkerdan havotir olayotgani yo'q
Entoni Joshua Takamga qarshi jangini Uaylder va Parker kuzatishidan havotir olayotgani yo'q.
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua 28 oktyabr kungi jangini Uaylder va Parkerlar bemalol tomosha qilishlari mumkinligini aytib o'tdi.
"Ular mening janglarimni istaganlaricha tomosha qilishlari mumkin. Ringda umuman boshqacha bo'ladi. Siz kimnidir jangini million marotaba tomosha qilishingiz mumkin. Ammo, o'sha odam bilan yuzma-yuz kelganingizda barchasi boshqacha bo'ladi", - deydi britaniyalik bokschi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar