22 sen 10:57
Yangiliklar

Joshua Usikdan kutayotgan asosiy havf nimaligini aytdi
WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari chempioni Entoni Joshua o'zining Aleksandr Usikga qarshi jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bokschi raqibi tug'dirishi mumkin bo'lgan eng asosiy havf haqida gapirdi.
"Usikdan keluvchi eng katta havf uning chapaqay poziciyasi. Aleksandr faoliyati davomidi juda ko'p o'naqaylar bilan jang qilgan, lekin men mashg'ulotlar jarayonida shunga tayyorlandim. Oyoqlarimni qaerga qo'yishni, chapaqayni qanday boshqarishni va aynan qachon javob zarbasini berishni aniq bilib oldim.
SHu bilan birga, Usik ham men kabi juda ko'p yigitlar bilan jang qilgan. Butun faoliyati davomida u bilan bir hil uslubda kurashishgan. Men esa oxirgi uch oyda bu uslubga ko'nikishimga to'g'ri keldi va bemalol ayta olamanki, men bunga moslashib oldim", - deydi Entoni Joshua.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua jangi 25 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Fikrlar