26 sen 10:34
Yangiliklar

Joshua Usikdan qabul qilgan mag'lubiyatiga izoh berdi
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni, britaniyalik Entoni Joshua ukrainalik davogar, birinchi og'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikka imkoniyatni boy bergandi. O'n ikki raund to'liq davom etgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan Usikning yorqin g'alabasini qayd etishdi — 116-112, 117-114, 115-113.
"Qarshingizda dunyo ostin-ustun bo'lib ketgan taqdirda ham yaxshi kayfiyatni saqlab qoling. London, men yaxshi ko'raman va hamisha sendan minnatdorman!" — deya o'zining Instagram sahifasida mag'lubiyatidan so'ng ilk bor fikr bildirgan Joshua.
Malumot uchun, 31 yoshli Joshuaning mag'lubiyatlari ikkitaga etdi. Uning hisobida 24 g'alaba (22 tasi nokaut) bor. 34 yoshli Aleksandr Usik 19-jangidagi 19-g'alabasini tantana qildi. 13 ta jangni muddatidan avval yakunlagan.
Fikrlar