02 noy 08:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua va Fyuri jang yuzasidan muzokaralarni boshlashdi
Professional boksning WBA, IBF hamda IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua (20-0, 20 KO) hamyurti sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (25-0, 18 KO)ga qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Bu malumotni chempion bokschining promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Hozirda har ikki bokschining jamoalari muzokaralarni boshlashgan. Jang katta ehtimol bilan 2018 yilning yozida London shahridagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Tayson Fyuri 2018
yilda 3 ta jang o'tkazishini elon qilgan edi. Fyuri so'nggi bor 2015 yilda ringga
ko'tarilgan bo'lib, o'shanda u Vladimir Klichkodan WBA, WBO va IBF chempionlik
kamarlarini tortib olgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar